- Toshkentdan gapiramiz
- 02.09.2026, 10:12
Yangi o‘quv yili: poytaxt transport tizimi yuqori yuklamaga tayyor
🔺 Ertaga, 2-sentabr kuni, umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili boshlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent ko‘chalarida, ayniqsa, ta’lim muassasalari atrofida piyodalar va transport vositalari oqimi ortishi kutilmoqda.
🚸 Yangi o‘quv yili oldidan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan maktablar atrofida xavfsizlikni oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Piyodalar o‘tish joylaridagi “zebra” chiziqlari yangilandi, svetofor obyektlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning ishlash rejimlari tartibga keltirildi.
🚌 Poytaxtda 170 ta avtobus yo‘nalishi bo‘yicha har kuni 24 mingdan ortiq rejali qatnov amalga oshiriladi. Yoz mavsumida avtobus jadvallari soni o‘rtacha 1 622 ta bo‘lgan bo‘lsa, yangi o‘quv yilidan ular 1 707 taga yetkaziladi.
🚇 Metropolitenda ham tig‘iz vaqtlarda poyezdlar oralig‘i qisqartiriladi: Chilonzor yo‘nalishida 1,5–2 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 3–3,5 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishida 4–4,5 daqiqa, yerusti halqa yo‘nalishida 7–8 daqiqa. Joriy yilda keltirilishi ko‘zda tutilgan 14 ta yangi tarkibning 11 tasi liniyalarda ishlamoqda, yana 3 tasi ishga tushirilishi kutilmoqda.
❗️ Hurmatli haydovchilar va ota-onalar!
Maktablar yaqinida tezlikni pasaytiring, piyodalar o‘tish joylarida bolalarga yo‘l bering. Avtobus bekatlarini band qilmang, ta’lim muassasalari oldida va piyodalar yo‘laklarida harakatga xalaqit beradigan tarzda to‘xtamang, jamoat transporti uchun ajratilgan maxsus yo‘laklarga chiqmang.
🚍 Imkon qadar jamoat transportidan foydalaning. Bu ko‘chalardagi yuklamani kamaytirish, jamoat transportining barqaror harakatini ta’minlash va maktablar atrofidagi tirbandliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilini yo‘llarda tartib, e’tibor va o‘zaro hurmat bilan boshlaylik.

Bugun Uchtepa tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘r...

🔺 Poytaxt maktablarida o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini tashkil etish maqsadida maktab avtobuslari —...

Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar ho...

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 09:00–11:00 gacha Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar...