Mirobod tumani Hokimligi
Mirobod tumani — poytaxtning maʼmuriy-hududiy birligi. U shaharning janubida joylashgan. Hozirgi (2009) maydoni 2858 ga, aholisi 122,8 ming kishi.
Tuman 1929 yilda Leninskiy nomi bilan tuzilgan. 1992-yil 8-mayda Mirobod nomini oldi.
Mirobod tumani shimoldan Yunusobod tumani, shimoli-g‘arbdan Yakkasaroy tumani, janubi-g‘arbdan Sergeli tumani, janubdan Bektemir tumani, sharqdan Yashnobod tumani bilan chegaradosh.
Mirobod tumanida Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr, O‘zbekiston rus drama teatri, ikkita mahalla fuqarolar yig‘ini, Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, yetti kutubxona, 17 umumta’lim maktabi, ikkita musiqa maktabi, uchta sport maktabi, uchta akademik litsey, sakkizta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda.
