Mirobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Ieronim Krauze va Ipoteka-bank
Ieronim Krauze va Ipoteka-bank

Botanik va farmatsevt Ieronim Ivanovich Krauze 1870 yilda Toshkentga kelib, aptekachi bo‘lib ish boshlagan. Shu bilan birga u mintaqaning foydali o‘simliklarini o‘rgangan. Toshkent iqlimiga moslashtirish maqsadida tog‘lar hamda boshqa joylardan 300 dan ortiq turdagi yovvoyi o‘simliklarni yig‘ib, Anhor qirg‘og‘ida ilk botanika bog‘ini ochgan. Olim Tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari imperatorlik jamiyatining haqiqiy a’zosi bo‘lgan, uning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lgan va 1909 yilda vafot etguniga qadar u Toshkentning ko‘zga ko‘ringan shaxslaridan biri bo‘lgan.

1906 yilda I.I. Krauze buyurtmasiga ko‘ra, taniqli me’mor Georgiy Svarichevskiy Pushkin va Kuropatkin (hozirgi Mustaqillik va Shahrisabz) ko‘chalari chorrahasida chiroyli ikki qavatli dorixona binosini qurgan. Krauze vafotidan keyin, dorixonani provizor Kaplan sotib olgan. Shunday qilib, u “Kaplan dorixonasi” nomi bilan toshkentliklar xotirasida saqlanib qolgan va inqilobdan oldingi ma’lumotnomalarda qayd etilgan.

O‘tgan asrning 1920 yillarida bu binoda O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi joylashgan. 1930 yillarda binoga uchinchi qavat qo‘shilib, uning ko‘rinishi ancha jiddiy, rasmiy tus olgan. Keyinchalik bu yerda O‘zbekiston Xalq maorifi vazirligi, so‘ngra Marksizm-leninizm instituti joylashgan.

Mustaqillik yillarida bino “Ipoteka-bank” ixtiyoriga o‘tkazilgan. Kirish qismida sher haykallari o‘rnatilgan. Bank binoni Pushkin (2009 yildan boshlab Mustaqillik) ko‘chasi bo‘ylab kengaytirib, xuddi shu tanib olinadigan uslubda, doira shaklidagi derazalar bilan, qurib bitkazdi. Bank doimiy ravishda bino chiroyli tashqi ko‘rinishini saqlab keladi, u Mustaqillik–Shahrisabz (sobiq Pervomayskaya, undan oldin Kuropatkinskaya) chorrahasini bezab turgan Toshkentning kam qolgan tarixiy binolaridan biridir.

Bank yaqinida, Shahrisabz ko‘chasi tomonidagi piyodalar yo‘lagida, Toshkentning eng chiroyli binosi o‘zgarishlarining guvohi bo‘lgan keksa, qo‘l bilan o‘rab bo‘lmaydigan eman daraxti o‘sadi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Irrigatsiya instituti binosi
Irrigatsiya instituti binosi

1934-yilda Turkiston universitetining ikki fakulteti asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjal...

Hamid Alimjon maydonidagi baland uylar
Hamid Alimjon maydonidagi baland uylar

Bir vaqtlari bu joy Asakin maydoni deb atalgan — yirik transport tuguni va shaharning asosiy yoʻnal...

"Chorsu" mehmonxonasi
"Chorsu" mehmonxonasi

Toshkentning eng go'zal binolaridan biri — 23 qavatli "Chorsu" mehmonxonasi, 1982-yilda qurilgan va...

Toʻqimachilar madaniyat saroyi
Toʻqimachilar madaniyat saroyi

Yarim doira fasadli chiroyli bino 1938-yilda moskvalik meʼmorlar A. A. Galkin va A. N. Karnauxov to...