Mirobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Toʻqimachilar madaniyat saroyi
Toʻqimachilar madaniyat saroyi

Yarim doira fasadli chiroyli bino 1938-yilda moskvalik meʼmorlar A. A. Galkin va A. N. Karnauxov tomonidan qurilgan. Tekis tom, nishalar, lodjiyalar va balkonlar mualliflarning issiq iqlimni hisobga olishga intilishini koʻrsatadi. Binoning meʼmorchiligi sodda va ixcham, uning boʻlinishi klassik tamoyillarga asoslangan, — deb yozadi 1981-yilda nashr etilgan «Toshkent» ensiklopediyasi.

Toʻqimachilar madaniyat saroyida 1990-yillargacha koʻplab bolalar toʻgaraklari ishlagan: opera, teatr, xor, raqs, bolalar kinostudiyasi va boshqalar. Toshkentliklar izostudiya va xoreografiya darslarini alohida iliq xotirlaydilar.

1939-yilda «mutlaqo maxfiy» grifi ostida ikkinchi va uchinchi qavatlar Qizil Armiya ofitserlari uchun gospitalga moslashtirilgan. Bu yerda afsonaviy sarkardalar davolangan, birinchi qavatda esa bolalar ijodiy toʻgaraklari ishlagan.

Yu. A. Gagarin kosmosga uchganidan keyin 1961-yilda saroyga uning nomi berilgan.

Mustaqillik yillarida binoda Yengil sanoat vazirligi joylashgan, hozirda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqa qoʻmitasi ishlaydi.

2015-yilda bino oldidagi skverda A. S. Pushkin haykali oʻrnatilgan.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Taras Shevchenko turistik ko‘chasi
Taras Shevchenko turistik ko‘chasi

Uzunligi 226 metr bo‘lgan turistik ko‘cha Toshkent markazida — Said Baraka ko‘chasi kesishmasidan ...

Oliygoh shaharchasi
Oliygoh shaharchasi

Shaharning shimoli-gʻarbiy qismida Toshkentning eng katta meʼmoriy majmuasi — oliygoh shaharchasi ...

Vokzal
Vokzal

Bir vaqtlar 1899 yilda G. Svarichevskiy loyihasi bo‘yicha qurilgan Toshkent vokzali shaharning eng ...

Vestminster universiteti
Vestminster universiteti

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...