- Toshkentdan gapiramiz
- 08.10.2026, 15:46
Toshkent shahar hokimligi va IT Park Uzbekistan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi
🌇Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Dusmuhamedov hamda IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
❗️Uchrashuvda poytaxtda raqamlashtirish, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, robototexnika, IT-ta’lim va startap ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud loyihalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
🖥 Xususan, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyiha va barqaror biznesga aylantirishga xizmat qiluvchi inkubatsiya dasturlarini, shuningdek, startaplarni jadal rivojlantirish, investitsiya jalb qilish va bozorga olib chiqishga qaratilgan akseleratsiya dasturlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
🖥 Shuningdek, Toshkent shahri maktablarida axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlaridagi ta’limni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda ilg‘or xalqaro ta’lim dasturlarini mahalliy o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, amaliy tajribaga ega mutaxassislarni jalb etish hamda o‘quvchilarni real texnologik loyihalar ustida ishlashga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.
📈Maqsad — maktab davridan boshlab zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, kelgusida IT sohasida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi mumkin bo‘lgan yoshlar zaxirasini shakllantirish.
▫️Uchrashuv yakunida Toshkent shahar hokimligi va IT Park Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha doimiy hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...