- Toshkentdan gapiramiz
- 15.09.2026, 16:31
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik darajasi hamda jamoat transporti harakati doimiy monitoring qilinmoqda.
📊 14-sentyabr kuni oliy ta'lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun o'quv yili to'liq tavishda boshlandi. Poytaxt yo‘llarida sutka davomida jami 1 466 093 ta transport vositasi harakatlandi.
Kunning tig'iz vaqtida poytaxt yo'llarida harakatlangan transport vositalari soni:
— ertalab soat 07:00 va 08:00 oralig'ida 254 453 taga;
— kechki soat 18:00 va 19:00 oralig'ida 306 780 taga yetdi.
🚌 Jamoat transporti harakati
14-sentyabr kuni 1 680 ta avtobuslar orqali 170 ta yo'nalish bo'yicha 22 011 ta qatnovda 1 500 667 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazildi.
Toshkent metropoliteni orqali 1 165 550 nafar yo‘lovchi tashildi.
Eng yuqori yo‘lovchi oqimi Chinor, Sergeli, Choshtepa, Olmazor, Chilonzor, Buyuk ipak yo‘li, Do‘stlik va Beruniy metro bekati bekatlarida kuzatildi.
🚦 Tirbandlik holati
Vaziyatlar markazi monitoringi davomida kunning tig‘iz vaqtida:
Ertalab 08:00 va 09:00 oralig'ida:
— 4 ta chorrahada (P.Mahmud, THAY-Beshqo'rg'on 3-tor, Muqimiy-Qatortol, Nukus-A.Qahhor) tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan;
— 6 ta chorrahada (Farg'ona yo'li, Ohangaron, Mehrjon-Sariko'l, Gavhar-Sh.Rustaveli, Sag'bon-Farobiy, THAY-Universitet chorrahalarida) esa tirbandlik darajasi 7 balldan oshgan.
Haydovchilarga yo‘lga chiqishdan avval harakat yo‘nalishini rejalashtirish, kunning tig‘iz vaqtlarida mazkur chorrahalardagi transport yuklamasini inobatga olish hamda zarur hollarda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko‘rilgan tezkor choralar
Tirbandlik kuzatilgan nuqtalarda transport oqimini barqarorlashtirish maqsadida svetoforlarning ish rejimi muvofiqlashtirilib, zarur yo‘nalishlarda yashil signal vaqti uzaytirildi. Shuningdek, harakatni tartibga solish uchun zarur chorrahalarga YPX xodimlari jalb qilindi.
🏗 Ta'mirlash ishlari
Kommunal tashkilotlar tomonidan 18 ta ko'chada (Labzak, S.Mashhadiy, Al-Xorazmiy, Shahriobod, Gulnora 1-tor, Sho'rtepa, Birlashgan, Moyqo'rg'on, V.Vohidov, Qorasuv, A.Temur, Uzumbog', Qorasaroy, Muqimiy, M.Yusuf, M.Ulug'bek, Qatortol 1-tor, Oqqo'rg'on ko'chalarida) qatnov qismidagi transport oqimlariga qisman ta'sir ko'rsatuvchi ishlar olib borildi.
Haydovchilardan mazkur holatlarni inobatga olgan holda harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, zarur hollarda esa muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
YHXB tomonidan rasmiylashtirilgan qoidabuzarliklar
Jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida poytaxt ko‘chalarida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
14-sentyabr kunida:
— 9 ta piyodalar yo‘lakchasidan transport vositasida harakatlanish;
— 8 ta to‘xtab turish qoidalarini buzish;
— 16 ta to‘xtash qoidalarini buzish;
— 17 ta mast holatda transport vositasini boshqarish holatlari rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, piyodalarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi bilan bog‘liq 18 ta qoidabuzarlik holati qayd etildi.
14-sentyabr kuni 3 ta yo'l-transport hodisasi rasmiylashtirilgan bo'lib, ularda 1 nafar tan jarohati olgan shaxs qayd etilgan. O'ta og'ir tan jarohati olish yoki o'lim bilan yakunlangan holatlar qayd etilmadi.
Haydovchilardan piyodalar yo‘laklari va ularning oldida transport vositalarini to‘xtatmaslik, piyodalarga belgilangan o‘tish joylarida yo‘l berish, avtobus bekatlari hududini band qilmaslik, jamoat transporti uchun ajratilgan “A” tasmasida harakatlanmaslik hamda bekatlarga kirib-chiqayotgan avtobuslar harakatiga xalaqit bermaslik so‘raladi.
Yo'l infratuzilmasi yangilash ishlari doirasida:
— 6 000 metrga yaqin yo'l chiziqlari;
— 7 ta piyodalar o'tish yo'lagi yangilandi.
Poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi Vaziyatlar markazi tomonidan real vaqtda nazorat qilib borilmoqda.

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...
📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlard...