Mirobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Hakimova Inobat hamda Tillaxodjayev Bunyodlar ishtirok etdi

📝 Unda dastlab Joriy yilning 1-yarim yilligida Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hamda Joriy yilning 2-choragida Toshkent shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari Alikariev Murodulla Sa’dullaevich hamda Narzullaev Shavkat Voxitovichlarning hisobotlari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

📝 Kun tartibiga kiritilgan keyingi masala Toshkent shahrida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Alimov Elmurod Erkinovichning hisoboti komissiya a'zolari tomonidan eshitilib atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda 2026 yil 1-yarim yilligida inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili Masharipov Baxtiyor Reimbergenovichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi.

📉 Kun tartibidagi so‘nggi “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi holati to‘g‘risida 2026 yil 2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish departamenti rahbari – Dusmuxamedov Alisher Ismatillaevich hisobot berdi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan mazkur masala atroflicha o‘rganildi hamda deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib sessiya kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Kalitlar topshirildi: yangi yo‘l texnikalari tumanlar ixtiyoriga berildi
25.08.2026, 10:06
Kalitlar topshirildi: yangi yo‘l texnikalari tuman...

Poytaxt tumanlariga 24 ta yangi yo‘l texnikasini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Toshkentning barcha 12 ta tu...

Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi yo‘nalishi ishga tushirildi
24.08.2026, 16:18
Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi ...

Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...

Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
24.08.2026, 11:56
Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi ku...

Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni ...

Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
24.08.2026, 09:36
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...