Mirobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“Yashil” chiroq uzoqroq — kutish kamroq: Fitrat va Geydar Aliyev ko‘chalari chorrahasidagi svetofor qayta sozlandi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) mutaxassislari chorrahadagi transport oqimini o‘rganib, avtomobillar qaysi yo‘nalishda ko‘proq to‘planishini aniqladi. Shundan so‘ng svetoforning ishlash vaqti yangi yuklamaga mos ravishda o‘zgartirildi.

Avval svetofor siklining birinchi fazasi 35 soniya, ikkinchi fazasi esa 28 soniya davom etgan. Endi eng gavjum yo‘nalishda fazaning uzunligi 35 soniya o‘rniga 60 soniyaga uzayitirldi.

Shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobillar endi biroz oldinroq to‘xtaydi. Bu burilayotgan transport vositalariga burilishni xavfsiz yakunlab, chorrahani tezroq bo‘shatish imkonini beradi. Natijada svetofor bir sikl davomida ko‘proq avtomobilni o‘tkazadi.

⏱️ O‘zgarishlar natija berdi: kunduzi avtomobillar navbati sezilarli darajada qisqardi, harakat bir maromga tushdi, chorrahadan o‘tish vaqti esa 2 daqiqagacha kamaydi.

🚂 Yaqin atrofda temiryo‘l kesishmasi joylashgan. Poyezd o‘tayotganda harakat vaqtincha to‘xtatiladi. Shu sababli chorrahada qisqa vaqtga avtomobillar to‘planishi mumkin.

YHTEM vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Mutaxassislar ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlar uchun svetoforning alohida ish rejimlarini tayyorlamoqda.

Keyingi bosqich — qo‘shni chorrahalarni yangilash va ularning svetoforlarini yagona “Yashil to‘lqin” tizimiga ulash. Natijada ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan avtomobillar chorrahalardan ketma-ket yashil chiroqda o‘tib, kamroq to‘xtashi mumkin bo‘ladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Kalitlar topshirildi: yangi yo‘l texnikalari tumanlar ixtiyoriga berildi
25.08.2026, 10:06
Kalitlar topshirildi: yangi yo‘l texnikalari tuman...

Poytaxt tumanlariga 24 ta yangi yo‘l texnikasini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Toshkentning barcha 12 ta tu...

Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi yo‘nalishi ishga tushirildi
24.08.2026, 16:18
Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi ...

Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...

Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
24.08.2026, 11:56
Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi ku...

Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni ...

Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
24.08.2026, 09:36
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...