
Shayxontohur maqbarasi (Shayx Xovandi
at-Tohur) shahar markazida, Alisher Navoiy va Abdulla Qodiriy ko‘chalari
orasida joylashgan Shayxontohur me'moriy majmuasining asosiy ziyoratgohi
hisoblanadi.
Shayx Xovandi at-Tohur XIII asrda
hozirgi Chorvoq qirg‘og‘ida joylashgan Bog‘uston qishlog‘ida tug‘ilgan. Shayx
so‘fiylik tariqati asoschisi Xoja Ahmad Yassaviyning izdoshi edi. Shayx Xovandi
at-Tohur ko‘p sayohat qilgan va o‘zining keng ilmi va zohidlik faoliyati
tufayli xalq tomonidan «donolardan eng donosi» degan unvonga sazovor bo‘lgan.
Uzoq yillik sayohatlardan so‘ng, u Toshkentga qaytib kelib, muqaddas buloq
yonida yashay boshlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, islomdan oldingi davrlarda bu
buloq yonida Suv va Olov majusiylar butxonasi bo‘lgan. Shayx at-Tohur 1355 yili
vafot etgan va o‘zini shu yerda dafn etilishini vasiyat qilgan.
Toshkentdagi buloq suvi bilan
jarohatlangan oyog‘ini davolayotgan Amir Temur shayx qabri ustida maqbara
qurishni buyurgan. Bu maqbara bugungi kungacha saqlanib qolgan. Asrlar davomida
uning atrofida toshkentliklar dafn etilgan qabriston (nekropol') vujudga
kelgan, ammo sovet davrida qabriston yo‘q qilingan, majmua yodgorliklaridan
faqat Shayx Xovandi Tohur, Qaldirg‘ochbiy va Yunusxon maqbaralari qolgan. Birinchi
ikkitasi ziyoratchilar va uzoq o‘tmish ixlosmandlari uchun ochiq, Yunusxon
maqbarasi esa Islom universitetining yopiq hududida joylashgan.

Navoiy prospekti bilan Mustaqillik maydonining sobiq Paradlar xiyoboni kesishmasida joylashgan oq r...

Asrlar davomida maskarabozlar shahar va qishloq maydonlarida hazil-mutoyiba spektakllari koʻrsatib ...

2007 yilda maqbarasi yaqin atrofda joylashgan buyuk ilohiyotchi va alloma Qaffol ash-Shoshiy shara...

Harbiy yigʻin uchun bino 1885-yilda qurilgan va uning umumiy koʻrinishi hozirgacha saqlanib qolgan....