
1970-yilda ochilgan kafe meʼmor Vili Islomovich Murotov, muhandis Ye. Platsman va rassom A. Kedrin loyihasi boʻyicha qurilgan. Ochilishi bilan kafe darhol mashhur boʻldi, uni butun toshkentliklar bilar edi — hatto ichkariga kirmaganlar ham.
Kafe shaharning oʻsha paytdan beri xalq
orasida «Koʻk gumbazlar» deb atalgan bulvarida joylashgan.
Meʼmoriy tarixchi Boris Chuxovich
«Oʻzbekiston XX asr meʼmorchiligining qora va qizil kitobi»da shunday yozadi:
«Toshkentning emblematik binosi boʻlgan «Koʻk gumbazlar» kafesi Oʻzbekistonda
modernizmning rivojlanishida burilish nuqtasi boʻldi — u tarixiy
meʼmorchilikdan toʻgʻridan-toʻgʻri iqtiboslarga oʻtdi. Qurilgandan keyin
professional doiralar tomonidan bir xil baholanmagan boʻlsa-da, bino tezda shahar
vizual identifikatsiyasining bir qismiga aylandi».
«Toshkent» ensiklopediyasida kafe haqida
shunday deyiladi: «Kompozitsiya markazi — qishki zal boʻlib, unga vestibyullar
va yordamchi xonalar tutashgan. Yozgi zal-terrassa kompozitsiyani toʻldiradi. Tekis
tomdagi, yuqoriga qarab ingichka boʻlib boruvchi ustunlar ustidagi gumbazlar
binoning oʻziga xos hajm-fazo tuzilishini yaratadi. Binoni bezashda xalq
meʼmorchiligining anʼanaviy dekorativ uslublari qoʻllanilgan. Savdo zalining
maydoni 225 kv.m».
Mustaqillik yillarida kafe
rekonstruksiya qilindi, lekin taniqli koʻrinishi saqlanib qoldi.
Yarim asr davomida koʻk gumbazlar
Toshkentning odatiy va taniqli ramziga aylandi — ular shahar haqidagi barcha
fotoalbomlarda va otkritka toʻplamlarida bor. Bir paytlar «Koʻk gumbazlar»
sigaretasi ham ishlab chiqarilgan edi.

Navoiy prospekti bilan Mustaqillik maydonining sobiq Paradlar xiyoboni kesishmasida joylashgan oq r...

Sobiq Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi binosi 1964-yilda qurilgan.Meʼmorlar: V....

Bino 1970-yillar boshida OʻzSSR Davlat rejasi hisoblash markazi sifatida «OʻzNIIP shaharsozlik» in...

Shayx Zayniddin — Toshkentning muqaddas homiylaridan biri, XII asrda Bag‘dodda tug‘ilgan va otasi ...