- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Majlislar
- KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — SAMARALI BOSHQARUVNING MUHIM SHARTI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — SAMARALI BOSHQARUVNING MUHIM SHARTI
Bugun Uchtepa tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari M. Mirxamidov hamda Uchtepa tumani hokimi B. Mamadjanov ishtirokida hokimlik xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
▫️Uchrashuvda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek, xizmat faoliyatida qonuniylik va odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.
🟢Shuningdek, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda xodimlarning mazkur jarayonlardagi shaxsiy mas’uliyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
✔️Har bir xodimning xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, qarorlar qabul qilishda qonuniylik, xolislik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, ochiqlik va halollik — samarali va ishonchli davlat boshqaruvining muhim mezonidir.
